Kompani Bavariya Borussiya uchun kuchli tarkib topa oladi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Dortmundning "Borussiya"siga qarshi muhim bahs oldidan jamoa tarkibidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Avvalroq myunxenliklar Manuel Noyer, Olise, Pavlovich, Ito va Kim Min Jeni yo‘qotgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompani aytishicha, matbuot anjumanidan so‘ng tibbiy shtab bilan uchrashuv o‘tkaziladi va futbolchilarning so‘nggi holati bo‘yicha yangilangan ma’lumot olinadi. Murabbiy hozircha hammasi ijobiy ko‘rinayotganini, biroq ayrim futbolchilar "Borussiya"ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibdan joy olmasligi mumkinligini ta’kidladi. Shunga qaramay, u jamoa baribir juda kuchli tarkib bilan maydonga tushish imkoniga ega ekanini qayd etdi.
"Borussiya" — "Bavariya" uchrashuvi shanba kuni, 28 fevralda bo‘lib o‘tadi. Germaniya chempionati 24-turi doirasidagi o‘yin 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
Shuningdek, Kompani avvalroq Manuel Noyerning mazkur o‘yinda qatnashishi ehtimoli borasida ham munosabat bildirgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!