Indzagi atrofida isteʼfo gaplari kuchaydi, u esa xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag‘lub bo‘lmadi, biroq so‘nggi paytdagi bir nechta duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi. La Repubblica xabariga ko‘ra, shu fon’da Simone Indzagining bosh murabbiylikdagi kelajagi haqida savollar paydo bo‘la boshlagan. Ayrim «Al-Hilol» muxlislari italiyalik mutaxassisga qarshi chiqayotgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Simone Indzagi dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar ro‘yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!