date

Rinat Bilyaletdinov 48 jamoali JChni tanqid qildi

Rinat Bilyaletdinov 48 jamoali JChni tanqid qildi

Rossiyalik taniqli murabbiy Rinat Bilyaletdinov jahon chempionati va Chempionlar ligasida ishtirokchilar soni ko'paytirilayotganini keskin tanqid qildi. Mutaxassis bu boradagi fikrlarini «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida bildirib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bilyaletdinovga ko'ra, 48 jamoali jahon chempionati ham, 36 ishtirokchili Chempionlar ligasi ham futbolni «to'ydirib yuborish» xavfini kuchaytirmoqda. U «AQShda 48 jamoa o'ynasa, kimni tomosha qilamiz — Kyurasao'nimi? U yerda ham asosan niderlandiyaliklar to'p tepadi», deya format kengayishini shubha ostiga oldi.

Murabbiy Chempionlar ligasidagi 36 jamoali tizimni ham daromad orttirishga qaratilgan qaror sifatida baholadi. Uning fikricha, eski va yangi formatlarda klublarning moliyaviy tushumlarini solishtirish orqali o'zgarishning asl sabablari yaqqol ko'rinadi.

Ma'lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rinat Bilyaletdinov 48 jamoali JChni tanqid qildi