Neymarsiz Braziliya Anchelotti tanlagan 18 futbolchini belgiladi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi jahon chempionati uchun tarkibning katta qismini oldindan shakllantirib qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline ESPN Brasil manbasiga tayanib xabar berishicha, italiyalik mutaxassis ro'yxatida hozircha 18 nafar futbolchi bor.
Darvozabon: Alisson Beker.
Himoyachilar: Markinyos, Eder Militao, Gabriel dos Santos, Aleks Sandro, Duglas Santos.
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Andrey Santos, Bruno Gimaraes, Lukas Paketa, Luis Enrike.
Hujumchilar: Mateus Kunya, Rodrigu, Joao Pedro, Vinisius Junior, Rafinya Dias, Estevao, Gabriel Martinelli.
Shu tariqa, jarohatlar ehtimolini hisobga olmaganda, yakuniy qaydnomada bor-yo'g'i sakkizta bo'sh o'rin qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing