date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yutqazib yakunladi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yutqazib yakunladi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin “Shanxay Shenxua” pley-offga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat edi, biroq “eshikni qarsillatib yopish” ham nasib etmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida taylar foydasiga yakunlandi. “Buriram Yunayted” birinchi bo‘limning ilk daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenxua” bir futbolchisidan ayrilib, kamchilikda qolganidan so‘ng o‘yin intrigasiz davom etdi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyoda yutqazib yakunladi