Anchelotti JCH-2026 uchun 18 futbolchini tanlab qo'ydi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi Jahon chempionati arafasida tarkibning katta qismini shakllantirib oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline ESPN Brasilga tayanib xabar berishicha, italiyalik mutaxassis ro'yxatida hozirdan 18 nafar futbolchining ismi bor.
Darvozabon: Alisson Beker.
Himoyachilar: Markinyos, Eder Militao, Gabriel dos Santos, Aleks Sandro, Duglas Santos.
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Andrey Santos, Bruno Gimaraes, Lukas Paketa, Luis Enrike.
Hujumchilar: Mateus Kunya, Rodrigo, Joo Pedru, Vinisius Junior, Rafinya Dias, Estevao, Gabriel Martinelli.
Shu tariqa, ehtimoliy jarohatlar va majburiy o'zgarishlar bo'lmasa, yakuniy qaydnomada yana atigi sakkizta bo'sh o'rin qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing