date

Karpin o'rtoqlik o'yinlarida natijaga e'tibor bermaslikni aytdi

Karpin o'rtoqlik o'yinlarida natijaga e'tibor bermaslikni aytdi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Mali va Nikaragua terma jamoalariga qarshi bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvlari oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, bu bahslarda asosiy mezon natija emas. U terma jamoaga ishonch bildirayotgan va ko'rishni istayotgan barcha futbolchilarni chaqirishni rejalashtirmoqda. Karpin fors-major holatlar bo'lmasa, hamma futbolchi yig'inga yetib kelishiga umid bildirdi.

Rossiya - Nikaragua uchrashuvi 27 mart kuni Krasnodardagi stadionda o'tkaziladi. Mali bilan o'yin esa 31 mart kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, FIFA va UEFA qaroriga ko'ra Rossiya terma jamoasi xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqidan chetlatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karpin o'rtoqlik o'yinlarida natijaga e'tibor bermaslikni aytdi