date

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua ligada yana yutqazdi

Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua ligada yana yutqazdi

“Shanxay Shenhxua” Osiyo Chempionlar ligasida 7-turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan mosuvo bo‘lgandi. 8-turda “Buriram Yunayted”ga qarshi bahs Slutskij jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq “eshikni qarsillatib yopish”ning imkoni bo‘lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanatning gollari bilan tanaffusgacha natijani hal qilib qo‘ydi.

Ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenhxua” bir o‘yinchisi maydondan chetlatilib, jamoa kam sonli bo‘lib qoldi. Shu holat o‘yin intrigasini deyarli yo‘qqa chiqardi va hisob o‘zgarmadi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskijning “Shanxay Shenhxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yakunigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua ligada yana yutqazdi