Gvardiola Budyo Glimt kuchini endi hammа tan oldi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasida shov-shuv ko'tarayotgan "Budyo-Glimt"ning natijalari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Norvegiyaliklar umumiy bosqichda "shaharliklar"ni 3:1 hisobida mag'lub etib, futbol jamoatchiligini hayratda qoldirdi. Ammo qog'ozda kamtar ko'ringan jamoaning yurishi shundan keyin ham to'xtamadi: ular Madridda "Atletiko"ni 2:1 yengdi, keyin esa "Inter"ni ikki uchrashuvda ham taslim etib, turnirdan chiqarib yubordi (3:1 va 2:1).
"Hozir "Budyo-Glimt" qaysi darajada o'ynayotganini hamma ko'rib turibdi, shunday emasmi? Hamma: 'Voy, qanday jamoa!' deyapti. Menimcha, ular biz bilan o'ynashidan oldin siz ham, muxlislar ham ularning 20 ta o'yinini tahlil qilmagansiz...", dedi Gvardiola matbuot anjumanida. Mutaxassis shu orqali Norvegiyadagi mag'lubiyatni asossiz ravishda 'uyat'ga tenglashtirishganiga ishora qildi.
Chempionlar ligasi 1/8 finalida Gvardiola jamoasi Madridning "Real"i bilan to'qnash keladi, "Budyo-Glimt" esa Lissabonning "Sporting"iga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!