Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat juda yuqori dedi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Shaharliklar" 1/8 final bosqichida yana Madridning "Real" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ispan mutaxassisi matbuot anjumanida turnirning o‘ta murakkabligini ta’kidladi: "Chempionlar ligasi juda qiyin. Istalgan jamoani ayting — har birining o‘z kuchli tomoni bor. Agar bu musobaqada uzoqqa borishni istasang, eng kuchlilarni yengishing kerak. Aks holda bunga shunchaki munosib emassan", dedi u.
O‘tgan mavsumda "Manchester Siti" eng nufuzli Yevropa turnirida aynan "Real"ga yutqazib, pley-offning saralash bosqichidayoq musobaqani tark etgandi. Joriy kampaniyada esa jamoalar umumiy bosqichda to‘qnash kelib, o‘shanda ingliz grandi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!