Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua ACLda yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida (ACL) yetti turdan keyin “Shanxay Shenhxua” pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskiy shogirdlari “Buriram Yunayted”ga qarshi faqatgina turnirni munosib yakunlashga urinib ko‘rdi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Buriram Yunayted” ilk bo‘limning boshlanishidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol muallifi bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay “Shanxay Shenhxua” bir futbolchidan ayrilib, kamchilikda qolganidan keyin o‘yin taqdiri deyarli hal bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenhxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!