date

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda

Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda

Turkiyaning ikki grandi — Galatasaray va Fenerbahche safida to‘p surayotgan futbolchilar stavka bilan bog‘liq ish bo‘yicha qamoq jazosi xavfi ostida qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Gap Galatasaray vakili Metehan Baltachi hamda Fenerbahchening sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, Baltachiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanishi mumkin.

Sabah nashrining yozishicha, Baltachi kamida ikki marta Galatasaray o‘yinlariga pul tikkan. U o‘sha uchrashuvlarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq jamoa qaydnomasiga kiritilgani sababli o‘yin jarayoniga bilvosita ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Amaldagi turk qonunchiligiga ko‘ra, professional sportchi bukmekerlarga o‘z maqomini oldindan ma’lum qilishi shart, biroq futbolchi buni bajarmagani qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda