Noboa Rubin Barselonani yengganda berilgan bonusni aytdi

2009 yil oktyabrida Qozonning «Rubin» klubi Chempionlar ligasida katta shov-shuv ko'targan edi: jamoa «Kamp Nou»da «Barselona»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. O'sha uchrashuvda o'ynagan sobiq yarim himoyachi Kristian Noboa o'sha g'alaba uchun berilgan mukofot pullarini esladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Noboaning aytishicha, bu uning futbolchilik faoliyatidagi eng yirik premiyasi bo'lgan. «Har bir futbolchi 80 ming dollar olgan», — deya uning so'zlarini «Sport-Ekspress» keltiradi.
Ekvadorlik futbolchi bu mablag'ni darrov sarflab yubormaganini, aksincha jamg'arib qo'yganini ta'kidladi — o'shanda ham ancha vazmin yigit bo'lganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, 2009/2010 yilgi mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Rubin» o'z kvartetida uchinchi o'rinni egallagan. Guruhda «Barselona» va «Inter» yuqoriroq pog'onalarni band etgan, Kiyevning «Dinamo»si esa oxirgi o'rinda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!