Ronaldu penalti ura olmadi, Al-Nasr qiyin g'alaba qozondi

Saudiya Arabistoni chempionatining shanba kungi uchrashuvida "Al-Feyha" o'z maydonida "Al-Nasr"ni qabul qildi. Turnir peshqadami ko'plab noxush vaziyatlarga qaramay, o'yinni oxir-oqibat o'z foydasiga hal qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv boshidayoq Krishtianu Ronaldu penaltidan chap ustunga tekizib qo'ydi va to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida esa mezbonlar oldinga chiqib oldi: o'ng qanotdan uzatilgan pasdan keyin darvozabon to'pni ilib olishga chiqdi, biroq himoyachi Abdulela al-Amri o'z darvozasiga to'pni kesib yubordi — 1:0.
Ikkinchi bo'limda "Al-Nasr" bosimni kuchaytirdi: Joau Felishning jarima maydonidan zarbasi bloklandi, qaytgan to'pga Ronaldu 15 metrdan tepadan yo'llagan zarbada darvozabon qutqarib qoldi. 72-daqiqada Sulton al-Ganamning uzoq uzatmasidan keyin Kingsli Koman jarima maydoniga kirib, uzoq ustunga pas uzatdi va Sadio Mane hech kim xalaqit bermagan vaziyatda hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Keyin Marselo Brozovich sherigini darvozabon bilan yakkama-yakka chiqargan vaziyatda Ayman Yahyo imkoniyatdan foydalana olmadi. Koman ham uzoq burchakka yo'llagan zarbasida darvozabonni aldolmadi. 80-daqiqada burchak to'pidan keyin to'p Felishga keldi, u 20 metrdan yaqin ustunga tekkizdi, to'p darvozabon tanasiga tegib, chiziqdan o'tdi — 1:2.
Oradan ko'p o'tmay "Al-Nasr" ustunligini mustahkamladi: Abdullah al-Hamdan va Felish jarima maydoniga kombinatsiya bilan yorib kirib, hal qiluvchi zarbani 8 metrdan Abdullahning o'zi yo'lladi — 1:3. Shu tariqa mehmonlar qiyin o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Natijadan so'ng "Al-Feyha" turnir jadvalida 11-o'rinni bo'lishib turibdi. "Al-Nasr" esa ikki ochkolik ustunlik bilan peshqadamlikni saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!