Galyardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim abadiy ketmaydi

Marselo Galyardo murabbiy sifatida so'nggi uchrashuvini o'tkazdi: uning jamoasi Banfildga qarshi bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozonib, nihoyat uch o'yinlik mag'lubiyatlar seriyasiga nuqta qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aynan shu omadsiz seriya Galyardoning lavozimini saqlab qolishiga to'sqinlik qilgani aytilmoqda, biroq klub unga muxlislar oldida munosib tarzda xayrlashish imkonini berdi. U esa bu lahzani juda hissiyotli tarzda yakunladi.
O'yindan keyin ko'z yoshlarini yashirmagan Galyardo barchaga minnatdorlik bildirib shunday dedi: «Shunchaki rahmat. Sizlarning mehringizni so'z bilan ifodalash qiyin. Men abadiy ketmayapman. Riverdan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli maskan: ketsang ham, baribir klub bilan qolasan».
Eslatib o'tamiz, Galyardo 1990-yillarda klub safida ham, Argentina terma jamoasida ham to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!