date

Garri Keyn Levandovski rekordiga doir savolga yana javob berdi

Garri Keyn Levandovski rekordiga doir savolga yana javob berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesligadagi rekordiga oid savolga yana munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Levandovski 2020/21 yilgi mavsumda «Bavariya» safida Bundesligada 41 ta gol urib, tarixiy natija qayd etgan edi. Shanba kuni Keyn Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi bahsda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va mavsumdagi gollari sonini 30 taga yetkazdi. Chempionat yakuniga 10 tur qolgan.

«Bilaman, har bir o‘yindan keyin Levandovski rekordi haqida so‘rashadi, lekin oldinda hali ko‘plab uchrashuvlar bor. Barqarorlikni saqlash kerak. Aprel oxirida bu qanchalik mumkinligini ko‘ramiz», — dedi 32 yoshli angliyalik futbolchi.

Dortmunddagi o‘yinda «Bavariya» 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Vensan Kompani boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida «ariqlar»dan (Borussiya) ustunligini 11 ochkogacha oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Levandovski rekordiga doir savolga yana javob berdi