Galatasaroy va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda

Turkiyaning ikki yirik klubi — Galatasaroy va Fenerbahche safidagi futbolchilar noqonuniy stavkalar bilan bogliq ish bo'yicha qamoq jazosi xavfi ostida qolishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap Galatasaroy futbolchisi Metehan Baltadji hamda Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, Baltadji 13 yilgacha, Yandash esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi ehtimoldan xoli emas.
Sabah nashri yozishicha, Baltadji kamida ikki marta Galatasaroy ishtirok etgan uchrashuvlarga pul tikkan. U o'yinlarda asosiy tarkibda bo'lmagan, biroq jamoa qaydnomasiga kiritilgani sababli natijaga bilvosita ta'sir ko'rsatish imkoniyati bor deb baholanmoqda.
Amaldagi turk qonunchiligiga ko'ra, professional sportchi bukmekerlarga o'z maqomini oldindan ma'lum qilishi shart. Baltadji esa bu talabni bajarmagani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!