Galatasaroy va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda

Turkiyaning Galatasaroy va Fenerbahche klublarida to'p suradigan ikki futbolchi noqonuniy stavkalar bilan bog'liq ish bo'yicha qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap Galatasaroy vakili Metehan Baltachi hamda Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Ularga mos ravishda 13 yil va 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.
Sabah nashri ma'lumotiga ko'ra, Baltachi kamida ikki marta Galatasaroy o'yinlariga pul tikkan. U o'sha bahslarda asosiy tarkibdan joy olmagan bo'lsa-da, qaydnomada bo'lgan va bu holat futbolchining natijaga ta'sir ko'rsatish ehtimolini oshiradi.
Amaldagi turk qonunchiligiga binoan, u bukmekerlarga professional sportchi ekanini ma'lum qilishi shart edi, biroq futbolchi bu talabni bajarmagani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!