Oy namunalarida yana ikki yangi mineral aniqlandi

Oy namunalarida yana ikki yangi mineral aniqlandi
Qisqacha

Xitoylik tadqiqotchilar "Chang‘e-5" missiyasi orqali Oydan keltirilgan namunalar tarkibida fanga noma’lum bo‘lgan ikkita yangi mineralni aniqlashdi. Fosfatlar guruhiga mansub ushbu topilmalarga "magniochangizit-(Y)" va "changizit-(Se)" deb nom berilib, ular Xalqaro mineralogiya assotsiatsiyasi tomonidan rasman tasdiqlandi. Mazkur kashfiyot natijasida Oydagi ma’lum minerallar soni sakkiztaga yetdi va bu Yer yo‘ldoshining geologik tuzilishini yanada chuqur o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xitoylik tadqiqotchilar Oy yuzasidan olib kelingan namunalar tarkibida ilgari fanga noma’lum bo‘lgan ikki yangi mineralni aniqlashdi. Bu kashfiyot Chendu shahrida o‘tkazilgan 11-Xitoy Kosmik kuni ochilish marosimida rasman e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Chang’e-5 kosmik apparati orqali Yerga olib kelingan tosh va tuproq namunalarida fosfat guruhiga mansub yangi minerallar topilgan. Ularga magniochangizit-(Y) va changizit-(Se) deb nom berildi.

Ushbu noyob moddalar Xalqaro mineralogiya assotsiatsiyasi qoshidagi Yangi minerallar bo‘yicha komissiya tomonidan tasdiqlanib, rasmiy tasnifga kiritilgan.

Mutaxassislar fikricha, bu kashfiyot Oy geologiyasi va uning tarkibini chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, hozirgacha Oyda aniqlangan minerallar soni 8 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy 2020 yilda Chang’e-5 apparatini Oyga yuborib, u orqali 1,73 kilogramm tuproq va tosh namunalarini Yerga olib kelgan edi. Shu namunalar asosida bir qator yangi ilmiy kashfiyotlar amalga oshirilmoqda.

Oy namunalarida yana ikki yangi mineral aniqlandi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar