Angrenda pichoqbozlik: ikki kishi vafot etdi

Angrenda pichoqbozlik: ikki kishi vafot etdi
Qisqacha

Toshkent viloyatining Angren shahrida yuz bergan pichoqbozlik oqibatida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi. Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan voqea tafsilotlari va mojaro sabablarini aniqlash boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, surishtiruv yakunlari boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishi kutilmoqda.

Toshkent viloyatining Angren shahrida yuz bergani aytilayotgan pichoqbozlik hodisasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Dastlab tarqalgan xabarlarda voqea oqibatida uch kishi pichoqlangani va ulardan ikki nafari hayotdan ko‘z yumgani haqida ma’lumotlar berilgan.

Mazkur holat yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan izoh berildi. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, hozirda voqea bo‘yicha tegishli tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, holat Angren shahar prokuraturasi nazoratida o‘rganilmoqda. Shu asosda Jinoyat kodeksining 97-moddasi, ya’ni qasddan odam o‘ldirish jinoyati bo‘yicha 2-qism “a” va “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozircha voqea tafsilotlari, mojaroning kelib chiqish sabablari hamda ishtirok etgan shaxslar haqida batafsil rasmiy axborot berilmagan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Rasmiylar tomonidan yakuniy xulosa va qo‘shimcha ma’lumotlar surishtiruv natijalariga ko‘ra e’lon qilinishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar