Ikardi agentlari Galatasaray bilan kelajagini muhokama qiladi

Galatasaray hujumchisi Mauro Ikardining agentlari futbolchining klubdagi istiqboli bo‘yicha rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar aprel oyida Istanbul klubi vakillari bilan bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, 33 yoshli argentinalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan jamoalar ham bor va ular Ikardini erkin agent sifatida shartnoma asosida tarkibiga qo‘shib olishga tayyor.
Ikardining Galatasaray bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor narxi 6 million yevroga baholanmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Ikardi 36 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing