Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda

Turkiya futbolida shov-shuvli holat: «Galatasaray» va «Fenerbahche» safida to'p surayotgan ikki futbolchi tikishlar bilan bog'liq ish bo'yicha qamoq jazosiga tortilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap «Galatasaray» vakili Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Birinchi futbolchiga 13 yilgacha, ikkinchisiga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish xavfi bor.
Sabah nashri xabariga ko'ra, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaray» o'yinlariga stavka qo'ygan. U ayrim uchrashuvlarda asosiy tarkibda bo'lmagan, biroq jamoa qaydnomasiga kiritilgan — bu esa futbolchiga natijaga bilvosita ta'sir o'tkazish imkonini bergani ta'kidlanmoqda.
Amaldagi Turkiya qonunchiligiga ko'ra, sportchi bukmekerlarga professional futbolchi ekanini ma'lum qilishi shart bo'lgan, ammo u buni bajarmagani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!