date

Finalissima bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmadi

Finalissima bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmadi

Qatarda mintaqadagi harbiy harakatlar fonida barcha futbol musobaqalari vaqtincha to‘xtatildi. Shu sabab Argentinа va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi Finalissima uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mashhur jurnalist Gaston Edulning ma’lum qilishicha, hozircha UEFA, KONMEBOL va FIFA vaziyatni kuzatmoqda va kutish pozitsiyasida turibdi. Bir necha kundan so‘ng ular Qatar hukumati bilan birgalikda Finalissima borasida qaror chiqaradi.

Argentinа va Ispaniya kubok uchun 27 mart, juma kuni maydonga tushishi kerak. Uchrashuvni Qatarda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil iyunidagi avvalgi Finalissimada Argentinа Italiyani 3:0 hisobida yirik mag‘lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Finalissima bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmadi