date

Gary Lineker Arsenalni Yevropaning eng chiroyli oʻyin koʻrsatuvchi jamoalari qatoriga kiritmadi

Gary Lineker Arsenalni Yevropaning eng chiroyli oʻyin koʻrsatuvchi jamoalari qatoriga kiritmadi

Mashhur sobiq futbolchi va ekspert Gary Lineker Chempionlar ligasi finalida Pari Sen-Jermen jamoasidan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng Arsenalning Yevropa futbolidagi oʻrni haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa Angliya Premer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, Linekerning fikricha, "toʻpchilar" sof estetik futbol borasida hali ham qitʼaning uchta gigantidan ortda qolmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Budapeshtda boʻlib oʻtgan dramatik finalda Arsenal Kai Havertzning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgan edi. Biroq, Ousmane Dembele tomonidan urilgan penalti va yakundagi asabiy penaltilar seriyasi London klubining magʻlubiyati bilan tugadi. Lineker "The Rest is Football" podkastida PSJ oʻzining hujumkor uslubi bilan gʻalabaga munosibroq boʻlganini taʼkidladi.

"Arsenal uchun bu ogʻriqli boʻlgani aniq, lekin menimcha, turnirning eng yaxshi jamoasi gʻalaba qozondi. Neytral muxlis sifatida aytishim mumkinki, Arsenal PSJni yengish uchun aynan shunday himoyaviy uslubda oʻynashga majbur edi, ammo yakunda futbol gʻalaba qozondi", — dedi afsonaviy hujumchi.

Lineker faqat Parij klubini maqtab qolmasdan, hozirda Artetaning jamoasidan koʻra jozibaliroq futbol koʻrsatayotgan uchta klub nomini keltirdi. Uning fikricha, Arsenalning himoyadagi mustahkamligi tahsinga loyiq, biroq ular hali "ajoyib futbol" darajasidagi kreativ jamoalar qatoriga kirmaydi.

"Futbol — bu tomosha. Biz har doim ijobiy, kreativ va eng yaxshi oʻyinchilarga ega boʻlgan jamoalarni koʻrishni istaymiz. Menimcha, bu mavsumda Pari Sen-Jermen, Bavariya va Barselona jamoalari aynan shunday oʻyin namoyish etishdi. Arsenal himoyada juda tartibli, ammo futbol qanday oʻynalishi kerakligi nuqtai nazaridan eng yaxshi jamoa gʻolib boʻldi", — deya xulosa qildi Lineker.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gary Lineker Arsenalni Yevropaning eng chiroyli oʻyin koʻrsatuvchi jamoalari qatoriga kiritmadi