Arbeloa Real Manchester Siti bahsiga to'liq tayyor bo'ladi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Yevropa Chempionlar ligasida «Manchester Siti»ga qarshi bo'ladigan to'qnashuv oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, uchrashuv ikki ulkan klub o'rtasida o'tadi va ayniqsa raqibning kuchi sabab «Real» muxlislari bu o'yinni alohida qiziqish bilan kutmoqda. Arbeloa «vaqti kelganda jamoa to'liq jangovar holatda bo'ladi», deya ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, «Real» va «Manchester Siti» Chempionlar ligasi 1/8 finalida to'qnash keladi. Dastlabki o'yin 11 mart kuni Madridda, javob bahsi esa 17 mart kuni Manchesterda bo'lib o'tadi.
O'tgan mavsumgi Chempionlar ligasida «qirollik klubi» «shaharliklar»ni pley-off bosqichida ortda qoldirgan edi (3:2, 3:1).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!