Ikardi agentlari uning Galatasaraydagi kelajagini muhokama qiladi

Galatasaray hujumchisi Mauro Ikardining agentlari futbolchining klubdagi istiqbollari yuzasidan rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokara aprel oyida Istanbul klubining rahbariyati bilan bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, 33 yoshli argentinalik forvardga qiziqish bildirayotgan jamoalar ham bor: ular Ikardini erkin agent sifatida shartnoma asosida o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Ikardining Galatasaray bilan amaldagi kelishuvi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 6 million yevroga baholanmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Ikardi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!