Slutskining «Shanxay Shenshua»si Osiyo Chempionlar Ligasida yutqazdi

«Shanxay Shenshua» Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. 8-turda Leonid Slutskiy jamoasi turnir bilan xayrlashishdan oldin so'nggi bor o'zini ko'rsatishga urinib ko'rdi, biroq buning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvda «Buriram Yunayted» 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Tailand klubi birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor darvozani ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Suphanat Mueanta gol urdi. Ko'p o'tmay «Shanxay Shenshua» maydonda bir futbolchiga kam qolib ketdi va o'yindagi intriga amalda yo'qoldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskining «Shanxay Shenshua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!