06:00 / 17.01.2018
6 273

«Mourino bunga jon deb rozi bo‘ladi»

«Mourino bunga jon deb rozi bo‘ladi»
Sky Sports eksperti «Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi Gari Nevill «Arsenal» hujumchisi Aleksis Sanchesning «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryanga almashtirilishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Sanchesni xarid qilish uchun savdoga Mxitaryanni qo‘shilishiga yorqin misol sifatida uning maydonga tushmayotganini ko‘rsatishimiz mumkin. Joze bu xabarni bizga yetkazishdan faqat xursand bo‘lgan bo‘lardi. Mourino Genrixni qadrlashini aytdi, ammo u jon deb Aleksis Sanchesga Genrixni almashtirgan bo‘lardi. Umuman istalgan murabbiy Sanchesni Genrixga jon deb almashardi.

Aftidan, «Siti» Sanches uchun kurashdan chiqdi, ammo men chin dildan Aleksis ularning futbolchisiga aylanadi, deb kutgandim. Hozirgacha ham ular bu kurashdan chiqqaniga ishonmasdan turibman. Endi bu kurashga «Chelsi» ham qo‘shildi va bu degani yaqin kunlar juda qiziqarli voqealarga boy bo‘ladi», – degan Nevill.

Manba: tribuna.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Mourino bunga jon deb rozi bo‘ladi»