Toshkentning «Lokomotiv» klubi murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Mirko Yelichich O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan o‘rin olishi mumkin. Bu haqda vaziyatdan xabardor manba Tribuna.Uz‘ga ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Temur Kapadze murabbiylari shtabidan «Lokomotiv» murabbiylari Mirko Yelichich va shuningdek O‘zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Andrey Fyodorov ham o‘rin olishi kutilmoqda. Darvozabonlar murabbiyi vazifasini esa Pyotr Gizimchuk bajarishi mumkin.
Hozircha bu borada rasmiy ma’lumot berilmagan. Murabbiylikka tayinlanganidan so‘ng Kapadze murabbiylar shtabini tuzib olish uchun ma’lum vaqt olgani haqida gapirib o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, Mirko Yelichich «Lokomotiv»da bir necha yildan beri ishlab kelmoqda. U klub natijalariga javob beradigan bosh murabbiy sanaladi. Ammo Mirkoning tegishli litsenziyasi bo‘lmagani sababli odatda rasmiy ma’lumotlarda Andrey Miklyayev «Lokomotiv» bosh murabbiyi sifatida qayd etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi