“Al Sadd” – “Nasaf” uchrashuvi nihoyasiga yetgach, o‘yin yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Nasaf” jamoasi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi:
-Raqibimiz bugun o‘z maydonida kuchli o‘yin ko‘rsatdi, hisob ham yirik bo‘ldi. Bunday hisobda mag‘lub bo‘lamiz deb, o‘ylamagandik. “Al Sadd” bugun haqli ravishda g‘alaba qozondi.
Bugun himoyada juda qupol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Bunday o‘yinlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar aslo kechirilmaydi. Hamma gollar o‘zimizning xatolar orqali urildi. Dragan Cheranning ertaroq maydonni tark etishi, o‘yinimizga aslo ta’sir qilgani yo‘q.
Guruhdagi vaziyatga to‘xtaladigan bo‘lsam, guruhimizda shunday vaziyat paydo bo‘layaptiki, bitta o‘yinning natijasi ko‘p narsani o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bo‘lajak o‘yinlar natijasi bunga aniqlik kiritadi. Biz kurashni davom ettiramiz,-deydi "Nasaf" ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”
Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan