JCH-2018 mezboni Rossiya terma jamoasi Moskvada Braziliya bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Aytish joizki, mezbonlar faqat birinchi bo‘limda raqib hujumlariga dosh bera olishdi. Ikkinchi bo‘limda braziliyaliklar yeng shimarib, ishga kirishishdi va Rossiya darvozasiga uchta to‘p kiritishdi. Gollar Miranda, Koutino va Paulino hisobiga yozildi.
27 mart kuni Braziliya safarda Germaniya bilan, Rossiya o‘z maydonida Fransiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
O‘rtoqlik o‘yini
Rossiya – Braziliya - 0:3 (0:0, 0:3)
23 mart, Moskva, “Lujniki” stadioni
Gollar: 0:1 – 53 Miranda, 0:2 – 62, penalti Koutino, 0:3 – 66 Paulino.
Rossiya – Akinfeyev, Granat, Kutepov, Kudryashov, Kombarov (Jirkov, 76), Golovin, Samedov (Smolnikov, 80), Miranchuk (Dzagoyev, 53), Zobnin, Glushakov (Miranchuk, 64), Smolov (Zabolotniy, 71).
Braziliya – Alisson, Miranda, Marselo, Dani Alves (Fagner, 83), Tiago Silva, Paulino (Renato Augusto, 71), Kazemiro, Villian (Tayson, 79), Koutino (Fred, 79), Duglas Kosta, Gabriel Jezus (Firmino, 65).
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi