07:02 / 08.06.2018
2 812

“Showtime” Shohjahonning jangini Toshkentda o‘tkazmoqchi

“Showtime” Shohjahonning jangini Toshkentda o‘tkazmoqchi
Yengilmas professional bokschi Shohjahon Ergashevning janglari ko‘plab muxlislarimizni qiziqtirib kelmoqda. Xususan, Shohjahon navbatdagi jangini qachon va qayerda o‘tkazishi haqidagi xabarlarni ko‘pchilik kutmoqda.

Sports.uz axborot portaliga kelib tushgan ma’lumotlarga qaraganda, Shohjahonning navbatdagi jangi 10 iyul kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi mumkin. Bu xabarga oydinlik kiritish uchun Sports.uz vakillari Shohjahon Ergashev bilan bog‘landi.

- Men ham “Showtime” telekanali navbatdagi jangimni Toshkentda o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida eshitdim, - deydi Shohjahon. - Menejerim Oleg Bogdanov bilan bog‘langanimda uning ham bundan xabardor ekanini bildim. Lekin bu hozircha faqat reja, hali rasmiy axborot berilgani yo‘q. Nima bo‘lgan taqdirda ham, men o‘z muxlislarim ko‘z o‘ngida ringga chiqishni orzu qilaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Showtime” Shohjahonning jangini Toshkentda o‘tkazmoqchi