Astana shahrida boks bo‘yicha Qozog‘iston Prezidenti kubogi uchun nufuzli xalqaro turnir nihoyasiga yetdi.
Bugun uch nafar charm qo‘lqop ustamiz finalda ringga chiqishlari haqida xabar qilib o‘tgandik. Bir necha soat oldin turnirdagi barcha final janglari yakuniga yetdi. -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shunqor Abdurasulov rossiyalik Gabil Mamedovga qarshi jang o‘tkazdi va hakamlarning xato qarori tufayli mag‘lub deb topildi. Ushbu mag‘lubiyat sabab bokschimiz kumush medal bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. -64 kg vazn toifasida ringga chiqqan hamyurtimiz Iqboljon Xoldorovga esa mezbonlar vakili Bektaulet Ibragimov raqiblik qildi. Afsuski, ushbu jangda ham hamyurtimiz mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi va yakunda kumush medal sohibiga aylandi. -81 kg vazn toifasida esa Bektemir Meliqo‘ziyev boshqa bir qozog‘istonlik bokschi Bek Nurmagambetovga qarshi ringga chiqib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kecha to‘rt nafar bokschimiz musobaqaning bronza medaliga sazovor bo‘lganliklari haqida ma’lum qilib o‘tgandik. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi turnirda 1ta oltin, 2ta kumush va 4ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bokschilarimiz ertaga kechki payt poytaxtimizga qaytib keladilar.
Qayd etib o‘tish lozimki, bunday turnirlar o‘zbekistonlik bokschilar uchun Jakartada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etish yo‘lida katta ahamiyatga ega. Aynan mana shunday musobaqalar orqali terma jamoamiz murabbiylari Indoneziyaga boradigan tarkibni aniqlab oladilar.
Manba: www.olympic.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi