03:44 / 21.06.2018
3 635

JCh-2018. Diyego Kostaning goli Ispaniyaga Eron ustidan g‘alaba olib keldi (video)

JCh-2018. Diyego Kostaning goli Ispaniyaga Eron ustidan g‘alaba olib keldi (video)
Jahon chempionatining «V» guruhidan o‘rin olgan Ispaniya va Eron o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

Karles Keyrush shogirdlari bu bahsda favoritga qarshi sensatsiya qayd eta olmadi, ammo munosib qarshilik ko‘rsatdi.

Birinchi bo‘limda eronliklar o‘z darvozalari daxlsizligini ta’minlashni uddalashdi. Ikkinchi bo‘lim ham yomon o‘tmayotgan edi. Ammo birgina vaziyat ispanlarga ustunlik taqdim etdi. Rekoshet yordamida Diyego Kosta hisobni ochdi.

Ushbu golni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

Shundan so‘ng Eron hujumga dadil o‘tdi va gol urish uchun bir nechta qulay vaziyatlarni sodir etish uddasidan ham chiqdi. Ammo bu vaziyatlar golga aylantirilmadi.

«B» guruhi, 2-tur

Eron – Ispaniya 0:1

Gol:
Kosta (54)

Eron – Beyranvand, Puraligandji, Xosseyni, Rezayan, Xadjsafi (Moxammadi, 69), Ezzatollaxi, Ebraximi, Amiri (Goddos, 86), Ansarifard (Djaxanbaxsh, 74), Azmun, Taremi.

Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Karvaxal, Ramos, Buskets, Inesta (Koke, 71), Isko, Vaskes (Asensio, 80), Silva, Diyego Kosta (Rodrigo, 89).

Ogohlantirishlar: Amiri (79), Ebraximi (90).

Endi Eron hammasini so‘nggi turda Portugaliya bilan o‘yinda hal qiladi. Osiyo jamoasini faqatgina g‘alaba qoniqtiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018. Diyego Kostaning goli Ispaniyaga Eron ustidan g‘alaba olib keldi (video)