23:30 / 28.06.2018
4 219

Germaniya terma jamoasi rasmiy bayonot berdi

Germaniya terma jamoasi rasmiy bayonot berdi
Germaniya terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaga (0:2) qarshi o‘yindan so‘ng, muxlislarga murojaat qildi.

«Muhtaram muxlislar! Biz xuddi sizlar kabi qayg‘udamiz! Jahon chempionati 4 yilda bir marta o‘tkaziladi va bizning maqsadimiz yuksak edi. Biroq, jahon chempionlariga munosib tarzda ishtirok etolmadik. Mag‘lubiyat qanchalik alamli bo‘lmasin, biz bunga loyiq edik.

Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz juda zo‘r bo‘ldi. Ammo, sportda mag‘lubiyatlarga ham, raqibning ustun ekanini tan olishga ham o‘rin bor.

Shvetsiya va Meksikani pley-offga chiqqani bilan, Janubiy Koreyani esa kechagi g‘alaba bilan tabriklaymiz. Rossiyaga esa mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!» – deyiladi rasmiy bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Germaniya terma jamoasi rasmiy bayonot berdi