12:57 / 06.08.2018
3 902

«Real» 250 million yevroga hujumchi olmoqchi

«Real» 250 million yevroga hujumchi olmoqchi
«Real» hujumchisi Florentino Peres «Tottenhem»dan Harri Keynni transfer qilish fikridan qaytmagan.

Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar klubi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari uchun 250 million yevro berishga tayyor. Futbolchining o‘ziga esa 30 million yevro miqdoridagi yillik maosh tayinlanishi mumkin.

Peres bunday taklifni Keyn ham, «Tottenhem» ham rad eta olmaydi, deb hisoblamoqda.

O‘tgan haftada ushbu 25 yoshli forvard «Real»ga o‘tishdan bosh tortgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Keyn o‘tgan mavsumda jamoasining barcha turnirlar doirasidagi 48 o‘yinida maydonga tushib, jami 41 gol urgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» 250 million yevroga hujumchi olmoqchi