20:28 / 16.09.2018
3 494

APLda “Liverpul” toʻxtamayapti. Yurgen Klopp jamoasi chempion boʻladimi?

APLda “Liverpul” toʻxtamayapti. Yurgen Klopp jamoasi chempion boʻladimi?
Yurgen Klopp “Liverpul”ni 2015 yil oktyabr oyidan beri boshqarib kelmoqda. Bu uch yil ichida klubi turli transferlar uchun yarim milliard yevro sarfladi. Tezda yevrokuboklar ikkita finaligacha yetib bordi, ammo APLda toʻrtinchi oʻrindan yuqorisiga umuman koʻtirila olmadi. Klub sovrinlari muzeyi eski mukofotlarini hamon sogʻinmoqda.

– Chempionatning nomdor klublari bilan ajoyib oʻyin namoyish etayotgan jamoaning negadir kuchsiz raqiblarga qarshi bahslarda qimmatli ochkolarni boy berib keladi. Aynan shu sabab “Liverpul” erta chempionlik poygasidan chiqib ketadi va hattoki kuchli uchlikka ham kira olmaydi. Vaholanki, MYU, “Chelsi” va “Arsenal”da ham “Liverpul”nikiga oʻxshash muammolar boʻladi.

– Bu mavsum “Liverpul” birdaniga ikkita transfer rekordini oʻrnatdi. Oldiniga klubga jahonning eng qimmat himoyachisi – Virjil van Deyk (78,8 million yevro) kelgan boʻlsa, keyin eng qimmat darvozabon – Alissonga 62,5 mln yevro sarflandi.

– “Liverpul”ning ajoyib starti umuman olganda yangilik emas. Kloppning klubdagi ilk mavsumida (2016/17), “qizillar” 11 turdan soʻng atigi uch oʻyinda ochko yoʻqotib, birinchi oʻrinda borayotgan edi. Keyin eski tarix boshlandi – “Bornmut”, “Suonsi” va “Xall Siti”dan magʻlubiyat va chempionlik orzusi bilan xayrlashildi. Bir yil oldin dastlabki 9 oʻyinda jami 3 gʻalaba (oʻshanda safarda “Tottenxem” 1:4 hisobida magʻlub etilgan) qayd etishgan, keyin uch oylik magʻlubiyatsiz seriya, ammo yana navbatdagi “qora anʼana” jamoaga taʼsir qilmay qolmadi. “Liverpul” oʻshanda hech kim toʻxtata olmay kelayotgan Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” rekordini urgan edi.

– Endi “Liverpul” oʻzi rekord qayd etmoqda. Albatta, bu hozircha ichki rekord. Mersisaydliklar dastlabki besh oʻyin – “Vest Xem”, “Kristal Pelas”, “Brayton”, “Lester” va “Tottenxem”ni umumiy 11:2 hisobida magʻlub etdi. Bunday muvaffaqiyatli start hali APL tarixida klubda (“Liverpul”) boʻlmagan. Angliya chempionatlarida ikki marta – qayd etilgan (soʻnggi marta 1990/91 mavsumda). Modaga kirgan hisob: bir-ikki gol, faqatgina “Vest Xem” toʻrtta oʻtkazib yubordi. Ammo oʻtkazib yuborilgan toʻplarning barchasi ikkita. Oʻtgan mavsum 9 ta edi. Undan oldingi mavsum sakkizta. Qiziq, bu ishonchli doʻst va safdosh Jelko Buvachning klubdan ketishi bilan bogʻliqmikan-a?

– “Manchester Siti”, “Chelsi”, MYU va “Arsenal”ga qarshi oʻyinlar hali oldinda, ammo “Tottenxem” ustidan qozonilgan zafar esda qolarli boʻldi, albatta, hisob boʻyicha emas, oʻyin boʻyicha. Intriga esa qoʻshib berilgan vaqtdagi yuz berdi.

Keyingi 19 kun “Liverpul” uchun dahshatli oʻyin taqvimi: YECHLda PSJ (18.09) va “Napoli” (03.10), Liga kubogida “Chelsi” (26.09), chempionatda “Sautgempton” (22.09), “Chelsi” (29.09) va “Man Siti” (07.10). Juda sinchkovlik bilan ham bu oʻyinlar natijalarini bilish qiyin. Kuchsizroq jamoalarni yutishga oʻrganganga oʻxshaydi, ammo kuchlilarnichi? Oʻyin boʻyicha Londondagi bahslar haqida fikr yuritish hozircha biroz erta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APLda “Liverpul” toʻxtamayapti. Yurgen Klopp jamoasi chempion boʻladimi?