19:39 / 24.09.2018
3 046

Zidanni Amerika Qoʻshma Shtatlarida kutishmoqda

Zidanni Amerika Qoʻshma Shtatlarida kutishmoqda

Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Devid Bekhem bilan MLS chempionatida “Inter Mayami” klubi bosh murabbiyi boʻlib ishlash boʻyicha muzokara oʻtkazdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Bekhem MLS chempionati oʻyinlarida 2020 yildan boshlab ishtirok etadigan “Inter Mayami” klubi rahbari hisoblanadi.

Bundan avvalroq angliyalik sobiq futbolchi Lionel Messini oʻz jamoasiga taklif qilgani haqida xabarlar berilgandi.

Ayni vaqtda OAVda Zidan uchun asosiy daʼvogar klub sifatida “Manchester Yunayted” nomi tilga olinmoqda. Bundan tashqari, fransiyalik mutaxassis nomi “Yuventus” klubi bilan ham bogʻlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidanni Amerika Qoʻshma Shtatlarida kutishmoqda