13:33 / 25.10.2018
1 940

«Arsenal»ning g‘alabalari ortida kim(lar) turibdi?

«Arsenal»ning g‘alabalari ortida kim(lar) turibdi?
«Arsenal» qatorasiga olti o‘yinda g‘alaba qozonganidan keyin Premer Liganing to‘rtinchi pog‘onasiga chiqib oldi. Barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganimizda esa to‘qqizinchi g‘alabasiga erishdi.

«To‘pchilar» nihoyat o‘zlariga tegishli joyga qaytishmoqda. Ularning g‘alabali seriyasi esa chempionat bosh sovrini uchun da’vogar sifatida tilga olinishga sabab bo‘lmoqda. Bunday o‘rin ularga balki o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qayta taqdim qilar.

Albatta ishonch futbolchilarga ko‘p narsani taqdim qiladi. Aleksandr Lyakazett muxlislarning sevimlisiga aylanib bormoqda, barcha Per-Emerik Obameyangning tezligidan hayratda qolmoqda. Aaron Remzining golini 2019-yilgi Pushkash sovrinini yutishi haqida bong urmoqda.

Biroq yana shunday futbolchilar borki, ular ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolmoqda. Ular ham yaxshi o‘ynashdi, biroq yuqoridagi jamoadoshlarining soyasida qolib ketmoqda. Quyida «to‘pchilar»ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shgan futbolchilarni tahlil qilamiz.

Petr Chex
Darvozabon, 5/9 o‘yin o‘tkazgan


Bernd Leno «Arsenal»ning yozdagi eng yirik haridi bo‘ldi va ayni vaqtda u o‘zini ijobiy tarafda ko‘rsatmoqda. Klub muxlislari darvozada aynan chexiyalik futbolchining bo‘lishi bilan g‘alabali seriyaga start berilganini unutmaslik kerak. Afsonaviy posbon hamon o‘zining ajoyib o‘yinlarini namoyish qilishda davom etmoqda.

Aynan Chex «Vest Xem»ga qarshi o‘yinda 13 ta seyvni amalga oshirib mavsumdagi birinchi g‘alaba qozonishiga yordam bergandi. U keyinchalik «Everton»ga qarshi o‘yinda eng yaxshi futbolchiga aylandi. U londonliklarning mavsumdagi birinchi quruq o‘yin o‘tkazishiga katta yordam berdi. Jarohat unga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin, ammo aynan u tufayli klub g‘alaba qozonishni boshlab oldi.

Rob Xolding
Himoyachi 6/9 o‘yin o‘tkazgan


«Everton»ga qarshi bir taym o‘tkazib jarohat sabab maydonni tark etgan Sokratis o‘rniga tushirilgan Xolding o‘zini ko‘rsata boshladi. U Yevropa Ligasi doirasida 90 daqiqa o‘ynadi va o‘z o‘yini bilan ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi.

Xolding o‘shandan beri har bir o‘yinda ishtirok etib kelmoqda. Angliyalik himoyachi asosiy tarkib uchun muhim nomzodga aylanib bormoqda. Sokratis yoki Mustafi yonida Xolding ancha bosiq o‘ynamoqda va klub muxlislari Arsen Venger unga imkon berganidan minnatdor.

Lukas Torreyra
Yarim himoyachi, 9/9 o‘yin o‘tkazgan


Yangi vakil «to‘pchilar»ning eng yaxshi transferi bo‘lish uchun o‘zini ko‘rsatishni boshlab yuborgan. Biroq uni keragicha qadrlashmayotgani ham bor gap.

Tayanch yarim himoyachisi har bir o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsada u mavsumni zaxira o‘yinchisi sifatida boshladi. Unay Emeri urugvaylik yosh iqtidor egasiga nisbatan ancha ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda.

U «Everton»ga qarshi bellashuvda birinchi marta to‘liq 90 daqiqa o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq o‘shandan boshlab u yarim himoyada muntazam tarzda paydo bo‘la boshladi. Torreyraning yarim himoyada «qora ishlar»ni bajarishni o‘z zimmasiga olishi Granit Jakaga oldinga borish yo‘lini ochib berdi.

Aleks Ivobi
Vinger, 7/9 o‘yin o‘tkazgan


Ivobi «Arsenal»ning to‘p bilan eng ko‘p muomala qiladigan futbolchisiga aylangan. Nigeriyalik futbolchi to‘p bilan driblinglar qilishi raqiblarni shoshirib qo‘ymoqda va boshqa jamoadoshlari uchun bo‘sh maydonlarni yaratib berishga imkon tug‘dirmoqda. Ivobining himoyadagi yordami va pozitsion o‘yinda adashmasligi unga hujum chizig‘ida ishtirok etishiga katta yordam bermoqda.

Uning ishlash koeffitsiyenti va o‘ziga bo‘lgan ishonchi juda asqotmoqda. U klubning so‘nggi vaqtlarda erishayotgan natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
Erkinjon G‘aybullayev tayyorladi

Manba: penalti.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Arsenal»ning g‘alabalari ortida kim(lar) turibdi?