00:44 / 27.11.2018
4 070

Andrey Fyodorov chempionlikdan keyin nimalar dedi?

Andrey Fyodorov chempionlikdan keyin nimalar dedi?
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Albatta, hozir hissiyotlarga boyman. O‘yin asabiyligi bilan ajralib turdi. "Paxtakor"ga qarshi o‘yin qanchalik ahamiyatli ekanligini "Lokomotiv" futbolchilari yaxshigina tushunib turishgandi. O‘yinga tushadigan futbolchilar bilan ruhiy tomondan tayyorlanish asosida ular bahs davomida o‘z hissiyotlarini jilovlay olishlarini nazorat qilishlari lozim edi.

Nima uchun bunday? Chunki hamma futbol o‘ynashni biladi. "Paxtakor" yaxshi o‘yin ko‘rsata olishini butun bir mavsum davomida ko‘rsata olishdi. Ikkinchi bo‘limning boshi gol o‘tkazib yuborganimiz uchun biroz asabiyroq o‘tdi. Biroq yaxshi o‘zgarishlar bilan o‘yinning borishini o‘zgartira oldik. Eng asosiysi bizga g‘alaba kerak edi. O‘z maydonimizda, o‘z muxlislarimizni oldida haqli g‘alabaga erishishni istagandik.

Nafaqat bugungi o‘yin, balki butun bir mavsum uchun yigitlarga rahmat aytaman. Fikrimcha, "Lokomotiv" men bosh murabbiy bo‘lganimdan keyin ham o‘z uslubini o‘zgartirmadi. O‘zgarishlar asosan ruhiy tomonlama bo‘ldi va mening qo‘llab-quvvatlashlarimni yigitlar ajoyib tarzda qabul qilishdi, shu orqali buning mevasini tatib ko‘rishdi.

Biz hali mavsumni yakunlamadik. Oldinda yana bir tur bor. Shundan keyin shartnoma borasida rahbariyat bilan gaplashib olamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov chempionlikdan keyin nimalar dedi?