Toshkentning «Lokomotiv» klubi «Paxtakor» yarimhimoyachisi Jamshid Iskanderov bilan kelishuvga erishdi.
«O‘zining yorqin o‘yinlari orqali muxlislar e’tiboriga tushgan ajoyib yarim himoyachi 2019 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi, O‘zbekiston chempionati va O‘zbekiston Kubogida «temiryo‘lchilar» sharafini himoya qiladi», deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, Jamshid Iskanderov 2012 yildan buyon «Paxtakor» klubida to‘p surib kelayotgandi. U o‘tgan vaqt davomida «sherlar» safida 156 o‘yin o‘tkazgan va 20ta gol urgandi. Katta futbolga 2011 yili kirib kelgan futbolchi dastlab Samarqandning «Dinamo» safida ham o‘yinlarda maydonga tushgandi.
Eslatib o‘tamiz, qishki transferlar vaqtida bungacha «Lokomotiv» 3 nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olgandi. «Bunyodkor»dan serbiyalik hujumchi Filipp Rayevatsni va yarimhimoyachi Azizbek Haydarovni, OKMKdan hujumkor yarimhimoyachi Yovan Jokich transfer qilingandi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Superligasining amaldagi g‘olibi tarkibini yarimhimoyachi Ikrom Aliboyev va Sanjar Shoahmedov tark etgan, Aliboyev Janubiy Koreyaning «Seul» klubi a’zosiga aylangan, Shoahmedov «Terengganu» klubi bilan shartnoma imzolagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi