Bugun Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinlari davom ettiriladi.
Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" "Enfild"da Germaniya chempioni "Bavariya" klubini qabul qiladi. Ikkala jamoa safida ham bir qator yo‘qotishlar bor. Mezbonlar safida van Deyk, mehmonlar tarkibida Myuller diskvalifikatsiya sabab bugun maydonga tusha olishmaydi. Bundan tashqari Oksleyd-Chemberlen, Aren Robben, Jerom Boateng kabi futbolchilarni ham bugun o‘yinda ko‘rmaymiz.
Fransiyada esa "Lion" Ispaniya chempioni "Barselona" klubini qabul qiladi. Mezbonlarning asosiy hujumchisi Nabil Fekir diskvalifikatsiya tufayli jamoadoshlariga yordam bera olmaydi.
Taxminiy tarkiblar:
"Liverpul" - "Bavariya"
"Liverpul": Alisson; Aleksander-Arnold, Fabino, Matip, Robertson; Xenderson, Milner, Veynaldum, Salax; Firmino, Mane.
O‘ynamaydi: van Deyk (diskvalifikatsiya), Gomes (jarohat), Oksleyd-Chemberlen (jarohat).
So‘roq ostida: Lovren, Firmino, Shakiri.
"Bavariya": Noyer; Kimmix, Zyule, Xummels, Alaba; Goretska, Tyago; Gnabri, Xames, Koman; Levandovski.
O‘ynamaydi: Robben (jarohat), Myuller (diskvalifikatsiya), Boateng (kasal), Tolisso (jarohat).
So‘roq ostida: Koman.
"Lion" - "Barselona"
"Lion": Lopesh; Dyubua, Marselo, Denayer, Mendi; Tusar, Ndombele; Traore, Depay, Auar; Dembele.
O‘ynamaydi: Fekir (diskvalifikatsiya), Guyri (jarohat).
So‘roq ostida: Denayer, Ndombele.
"Barselona": ter Stegen; Semedu, Pike, Langle, Alba; Rakitich, Buskets, Vidal; Dembele, Messi, Suares.
O‘ynamaydi: Rafinya (jarohat), Sillessen (jarohat), Artur (jarohat), Vermalen (jarohat). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi