2018 yil 15 yanvar kuni Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining Ijro qoʻmitasi byurosi 3-sonli qarori bilan milliy terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayanni “Paxtakor” klubi futbolchilarining shartnomasi bilan bogʻliq qallobliklarni amalga oshirganlikda, shuningdek, milliy terma jamoadan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanganlikda» ayblab, futboldagi faoliyatdan umrbod chetlatgan edi.
Biroq, oradan 2 hafta oʻtgach, 1 fevral kuni “Bunyodkor” klubining Babayanni kafillikka olishi haqidagi xatga asosan, bu qaror bekor qilingan.
2018 yil 29 yanvar kuni joʻnatilgan bu xatda “Bunyodkor” klubi Babayanga kafil boʻlish tashabbusini bildirgan.
“Mazkur intizomiy jazolar qoʻllanilganidan soʻng xorij matbuotida paydo boʻlgan millatchilik gʻoyalariga toʻla asossiz fikrlariga nisbatan Samvel Babayan oʻzining vatanparvarlik pozitsiyasini ifoda etib, muammoning yanada chuqurlashishiga yoʻl qoʻymadi va oʻz aybini tan oldi hamda uni kechirishlarini iltimos qildi. «Bunyodkor” klubi S.Babayanga shaxsiy kafil boʻlish tashabbusini bildiradi va unga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy chorani yengillatishni soʻraydi», - deyiladi “Bunyodkor” klubining oʻsha paytdagi direktori Murod Aliyev tomonidan imzolangan xatda.
Qayd qilish joizki, Samvel Babayanni futboldagi faoliyatdan umrbod chetlatilishi haqidagi qaror eʼlon qilinganidan soʻng, Armenian Report sayti jurnalisti Tevos Arshakyan oʻz maqolasida buni oʻzbeklarning armanlarga nisbatan nafrati va hasadi bilan izohlagan edi.
Shundan soʻng, Babayan unga javoban: “Sizning provakatsion maqolangizni oʻqib men taajjubga tushdim: sizning asl vaziyatdan xabardor boʻlmay turib, bizning mamlakatimizda millatchilik borligi haqida yozishga qanday maʼnaviy haqqingiz bor? Men, Babayan Samvel, shu buyuk mamlakatning fuqarosi ekanligimdan faxrlanaman. Men oʻzbek mahallasida tugʻilib oʻsdim, gapirishni oʻrganib, ilk aytgan soʻzlarim ham oʻzbekcha boʻlgan. Menga oʻz vatanimga boʻlgan muhabbat va vatanparvarlik ruhi ona suti bilan kirgan, oʻz farzandlarim va Oʻzbekiston faxri boʻlgan shogirdlarimga ham shunday tarbiya beraman”, - deb javob qaytargan edi.
Eslatib oʻtamiz, 26 fevral kuni Samvel Babayan “Lokomotiv” klubi prezidenti Mansur Radjapovga maslahatchi etib tayinlandi.
Shundan soʻng, OʻFA Babayanning diskvalifikatsiyasi haqidagi qaror 2018 yil 1 fevral kuni bekor qilinganini tan oldi. Biroq, nega bu 1 yil davomida yashirilganiga izoh bermadi.
Kun.uz saytiga bergan intervyuda OʻFA nega bu qarorni rasman eʼlon qilmadi degan savolga Babayan: “buni oshkor qilmaslikni iltimos etishdi”, deb javob berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Maryam Tillayeva kelajagini O‘zbekistonda ko‘rmasligi haqida so‘zlab berdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi