“Alpari” kompaniyasining analitika departamenti rahbari, iqtisodchi Aleksandr Razuvayev Moskvaning “Spartak” klubini sotib yuborilishi haqidagi oʻz fikrlarini aytdi.
“Spartak” klubiga yangi bosh murabbiy Oleg Kononov tayinlanganida, rahbariyat uning oldiga Yevropa Ligasi pley-offiga chiqish, Rossiya Kubogida gʻalaba qozonish va Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritish vazifasini qoʻydi. Bahor oylarining boshiga dastlabki ikki vazifa muvaffaqiyatli tarzda barbod qilindi. Agar uchinchi vazifa ham bajarilmasa, nafaqat Kononov, balki butun rahbariyat isteʼfoga chiqadi. “Spartak” xoʻjayini Leonid Fedun esa bundan bezor boʻlib, klubni sotib yuborishga qaror qilgan.
Katta ehtimol bilan Alisher Usmonov “Spartak”ning yangi xoʻjayini boʻlishi mumkin. Avvalroq u “Arsenal” aksiyalariga egalik qilgan edi. Fedun oʻz klubini 1 milliard yevroga baholayapti, bu qiymat Usmonovni toʻliq qoniqtiradi.
Ammo, “Spartak”ni qoʻlga kiritish uchun kurash ketishi va Usmonovning raqobatchilari koʻproq pul taklif qilishi ham mumkin. “Alfa” kompaniyasining aksiyadorlaridan biri Pyotr Aven koʻpdan beri klubga qiziqish bildirmoqda.
Oʻtgan yili kuzda Saudiya Arabistoni taxti vorisi Muhammad ibn Salmon Ol Saud, shuningdek qozogʻistonlik investor “Spartak” bilan qiziqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bir necha xaridorning mavjudligi Fedunga qoʻl kelishi va u klubni qimmatroqqa sotishi mumkin», - deb yozdi Razuvayev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi