22:41 / 21.05.2019
2 752

"Lokomotiv" ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarib "Ar Rayyan"ni mag‘lub etdi

"Lokomotiv" ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarib "Ar Rayyan"ni mag‘lub etdi
Hozirgina OChL 6-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Al Rayyan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

Toshkentda kechgan uchrashuvda "temiryo‘lchilar" 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Bahsning 1-daqiqasida Rodrigo Tabata hisobni ochdi. Oradan 21 daqiqa o‘tib Gonsalo Viyeyra hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

35-daqiqada Sardor Mirzayev hisobni qisqartirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Temurxo‘ja Abduholiqov dubl qayd etdi va Andrey Fyodorov shogirdlari 0:2 hisobida ortda bora turib, irodali g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa "temiryo‘lchilar" 7 ochko bilan guruhda uchinchi bo‘lishdi va musobaqa bilan xayrlashishdi.

"Lokomotiv" – "Ar Rayyan" 3:2 (1:2, 2:0)
Gollar:
0:1 - 1 Tabata, 0:2 - 22 Viyera, 1:2 - 35 Mirzayev, 2:2 - 47 Abduholiqov, 3:2 - 61 Abduholiqov.

"Lokomotiv": Ma’mur Ikromov, Shuhrat Muhammadiyev, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Azizbek Haydarov (Yovan Jokich, 90+3), Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Arslanmurat Amanov, Diyor Turopov (Jamshid Iskanderov, 75), Temurxo‘ja Abduholiqov.
Zaxira: Javohir Ilyosov, Filip Rayevats, Azizbek Amonov, Avazbek O‘lmasaliyev, Igor Yelich.

"Ar Rayyan": Fahad Yunus, Ahmad El Said, Muhammad Alaa, Gonsalo Viyera, Muhammad Juma, Daniel Gumu, Muhammad Sayyor, Gemin Rivas, Rodrigo Tabata, Lukka De Brito, Sebastyan Soriya Kuintana.
Zaxira: Abdulaziz Eysa, Saloh Al Yahri, Al Dokali, Ahmad Al Sa’di, Ali Al Yozidi, Abdulrahmon Al Karbi, Yusuf Umar.

Ogohlantirishlar: Soriya (39), De Brito (45+2), Alaa (69), Zoteyev (77).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" ikkita to‘p farqini yo‘qqa chiqarib "Ar Rayyan"ni mag‘lub etdi