23:44 / 29.05.2019
3 080

«Real» Ramosni sotilish narxini e’lon qildi

«Real» Ramosni sotilish narxini e’lon qildi
Foto: Google Images
«Real» himoyachi Serxio Ramosni yozgi transferlar vaqtida tekinga qo‘yib yubormoqchi emas.
Avvalroq 33 yoshli futbolchi jamoani tark etishi hamda Xitoy chempionatiga yo‘l olishni istayotgani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari futbolchining «Qirollik klubi» prezidenti Florentina Peres bilan munosabati yomonlashgandi.

AS’ning xabar berishicha, Ramos uchun 100 millionlik taklif tushsa, Madrid klubi o‘yinchini sotishga qarshi emas.
Shu bilan birga, Peres Ramos bilan shartnomani buzmoqchi ham emas. Hozirda ispaniyalik himoyachi yiliga, taxminan, 12,5 million yevro maosh oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Ramosni sotilish narxini e’lon qildi