Kiyevning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xatskevich iste’foga chiqarildi.
U bilan birga murabbiylar shtabining barcha a’zolariga, jumladan Oleg Lujniy, Visente Gomes va Maksim Shatskixga ham javob berildi.
Jamoani keyingi o‘yinlarga kim tayyorlashi hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» Chempionlar Ligasi saralashining 3-bosqichida Belgiyaning «Bryugge» klubi to‘sig‘idan o‘tolmadi. Safarda 0:1 hisobida yutqazgan kiyevliklar o‘z maydonida 3:3 hisobini qayd etishdi xolos. Natijada «Dinamo» Xatskevich qo‘l ostida qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqolmadi.
Aleksandr Xatskevich
Aleksandr Xatskevich «Dinamo» klubida 2017 - 2019 yillar davomida ishladi. Jamoa bu davr mobaynida ikki marta Ukraina Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuncha marta chempionatning kumush medali sovrindori bo‘ldi.
Maksim Shatskix 2017 yildan beri Xatskevichning assistenti bo‘lib ishlab kelayotgan edi. U O‘zbekiston milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi – 61ta o‘yinda 34ta gol. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi