06:00 / 28.08.2019
2 549

Mirjalol Qosimov: "Zamonaviy futbolda bir joyda turib hech narsaga erishib bo‘lmaydi"

Mirjalol Qosimov: "Zamonaviy futbolda bir joyda turib hech narsaga erishib bo‘lmaydi"
Coca Cola Superligasi 18-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» - AGMK uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.
– Ikki xil taym gubohi bo‘ldik. Ilk taymda yaxshi harakat qildik. Keyingisida esa o‘yinni bo‘shashtirib yubordik. Qilingan xato esa bizga qimmatga tushdi. G‘alaba qozonish uchun yugurish kerak. Kuch ishlatmay muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘ldik ikkinchi bo‘limda. Mana shu katta xato bo‘ldi.

– Biroz vaqt tanaffus yuzaga keladi. Ushbu vaqt oralig‘idagi rejalaringiz haqida aytib o‘tsangiz.
– Oz muddat dam olamiz. O‘ylaymanki, biz uchun bu foydali bo‘ladi. Qisqa muddatli yig‘in o‘tkazib, 14 sentyabrdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

– AGMK bugun «So‘g‘diyona»ga qarshi kuchli o‘yin ko‘rsatdi. O‘yin natijasi omad bilan bog‘liq deb o‘ylaysizmi?
– Birinchi bo‘limda taktik sxemamizni o‘zgartirdik. Chunki, «So‘g‘diyona» tarkibidagi Nagayev, Hasanov, Norxonov tezkor futbolchilar hisoblanishadi. Shu bois iloji boricha raqiblarga bo‘shliq qoldirmaslikka harakat qildik. Ikkinchi taymda o‘yin tizginini qo‘ldan chiqardik. Zamonaviy futbolda joyda turib hech narsaga erishib bo‘lmaydi, deya so‘zlarini yakunlagan Qosimov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Zamonaviy futbolda bir joyda turib hech narsaga erishib bo‘lmaydi"