Foto: Twitter/@GoldenBoyBoxing
Professional boksning super o‘rta (76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (2-0, 2 KO) navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Kaliforniyada o‘tkazilgan jangda o‘zbekistonlik bokschi meksikalik Rikardo Luna Flores (22-7-1, 14 KO) bilan bahslashdi. Jang sakkiz raundga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, birinchi raunddayoq nihoyasiga yetdi.
Bektemir Meliqo‘ziyev Rikardo Luna Floresni qator aniq zarbalar bilan qulatdi. Jang hakami raund yakuniga 56 soniya vaqt qolganida nokaut holatini qayd etdi.
. @bektemirmelikuziev takes care of business on round one by KO!#ODLHFoundation’s
— Golden Boy (@GoldenBoyBoxing) August 31, 2019
TV Local Listings & Ticket Link
???? https://t.co/XTb5PRvMpT
???? https://t.co/esfrOAMTWi + https://t.co/MzhColIR2L pic.twitter.com/WO50D3m11l
Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev joriy yilning 14 iyun kuni Los-Anjelesda, Hollivuddagi The Avalon saroyida professional boksdagi ilk jangida shu vaqtga qadar professional ringda 46 jang o‘tkazgan argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarilgandi. 6 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq profi-boksdagi faoliyatini «bezori» (Bully) laqabi bilan boshlagan o‘zbekistonlik sportchi tomonidan berilgan dastlabki kuchli zarba Riosni yerga qulatdi va hakam sof nokaut qayd etdi.
Bektemir Meliqo‘ziyev shu yilning aprelidan buyon Amerikada «Mir boksa» promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Uning murabbiylari Joel Dias va Antonio Dias hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi