Filippinlik bokschi Menni Pakyao to‘rtta turli o‘n yillikda, ya’ni 1990-, 2000-, 2010- va 2020-yillarda jahon chempioni unvoniga ega bo‘lgan tarixdagi birinchi bokschiga aylandi.
Menni Pakyao 2020 yilni yarim o‘rta vaznda WBA (Super) kamari sohibi maqomida qarshiladi. 41 yoshli sportchi ushbu unvonni 21 iyulda amerikalik Kit Turmanga qarshi jangda g‘olib bo‘lgandan keyin qo‘lga kiritgandi.
Filippinlik superbokschi birinchi chempionlik unvonini 1998 yil dekabrda 19 yoshida qo‘lga kiritgan. 2010 yilda esa 8 ta vazn toifasida chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan birinchi bokschiga aylangan. U hanuzgacha bu natijaga erishgan yagona bokschi bo‘lib qolmoqda.
Umuman olganda, Pakyao professional ringdagi faoliyatini 1995 yil yanvarda boshlagan. Hozirda uning hisobida 71 ta jangdan 62 ta g‘alaba bor. Afsonaviy bokschi navbatdagi jangini bahorda o‘tkazishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi